03/08/2021

Furqat tumani statistika bo‘limi  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini  amalga oshirmoqda.

photo2021-08-0318-40-15
photo2021-08-0318-40-12
photo2021-08-0318-40-19
photo2021-08-0318-40-15 photo2021-08-0318-40-12 photo2021-08-0318-40-19

Furqat tumani statistika bo‘limi  boshlig‘i B.Shermatov  O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat televideniyasiga  bergan intervyusida mahalla fuqarolar yig‘inlarida,  maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida,  korxona va tashkilotlarida mavzuga oid seminarlar o‘tkazilayotganligi, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hakorlikda aholi punklarining sxematik xaritalarini qayta ko‘rib chiqish, ko‘cha nomlari va xonadonlarning raqamlanishi kabi ishlar amalga oshirilayotganligi haqida  so‘zlab berdi.