O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi O.Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat radiosi orqali aholini ro‘yxatga olish birinchidan, mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektroenergetika, ijtimoiy taʼminot, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyatga ega ekanligi, ikkinchidan, undan aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda foydalanish, uchinchidan, aholi ro‘yxati respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash hamda oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqilishi, to‘rtinchidan, mazkur maʼlumot aholi punktlari infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etilishi haqida gapirib o‘tdi.
Axborot xizmati.