05/08/2021

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-iyun oylari holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining YaHMdagi ulushi 69,2 %ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 14,6 birlikni tashkil qildi.
2021- yilning yanvar-iyunida 4,5 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 65,9 foizga ko‘p demakdir.