📆Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-iyun oylari holatiga investitsion faollikni oshgani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,7 %ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 5 923,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 60,8 %i yoki 3 604,3 mlrd. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 39,2 % yoki 2 319,6 mlrd. so‘m moliyalashtirildi.
⬇️Shundan:
🟣Markazlashgan moliyalashtirish – 499,2 mlrd. so‘m
🟣Markazlashmagan moliyalashtirish - 5424,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.