✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-iyun oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 20 200,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 5,6 %ga o‘sdi. YaHM deflyator indeksi 2020- yilning yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 115,7 %ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMning shakllanishida Farg‘ona viloyatining qo‘shgan hissasi 6,3 %ga yetdi.