10/08/2021

Joriy yilning 10- avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Davlat registrini yuritish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Tashbekov hamda Davlat registrini yuritish bo‘limi boshlig‘i Sh.Qazaqovlar qatnashdi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentyabr kungi “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 539- sonli qarorining bajarilishiga bag‘ishlandi. Unga ko‘ra markaziy maʼlumotlar bazasi vakolatli organlar tomonidan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamidan va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda shakllantirishb markaziy maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni kiritish va yangilab borish ro‘yxatga muvafik masʼul bo‘lgan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi haqida keng va atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

 

photo2021-08-1109-46-21
photo2021-08-1109-46-18
photo2021-08-1109-46-15
photo2021-08-1109-46-23
photo2021-08-1109-46-21 photo2021-08-1109-46-18 photo2021-08-1109-46-15 photo2021-08-1109-46-23

Axborot xizmati.