11/08/2021

Buvayda tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I.Bozorboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat televideniyasiga intervyu berdi. U xususan, tumanda O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlarida, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda mavzuga oid seminarlar o‘tkazilayotganligi, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hakorlikda aholi punklarining sxematik xaritalarini qayta ko‘rib chiqish, yangilash, ko‘cha nomlari va xonadonlarning raqamlanishini ta’minlash kabi ishlar amalga oshirilayotganligi haqida so‘zlab berdi.

 

photo2021-08-1115-33-36
photo2021-08-1115-33-31
photo2021-08-1115-33-33
photo2021-08-1115-33-36 photo2021-08-1115-33-31 photo2021-08-1115-33-33

Axborot xizmati.