Joriy yilning 12- avgust kuni barcha joylardagi kabi Beshariq tumani qarashli tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Komilov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni berdi.
Axborot xizmati