Oltiariq tumani statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 12-avgust kuni 37-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi I.Xolboyev ishtirokchilarga aholini ro‘yhatga olish 2023- yilning 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni berdi.