13/08/2021

Joriy yilning 12-avgust kuni Quva tumanidagi Sino ishlab chiqarish jamoa birlashmasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-08-1309-37-24
photo2021-08-1309-37-21
photo2021-08-1309-37-27
photo2021-08-1309-37-24 photo2021-08-1309-37-21 photo2021-08-1309-37-27

Seminarni Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov kirish so‘zi bilan oshib, qarorning mazmuni  va mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng  tuman statistika bo‘limi mutaxassisi  V.Mirzayev ishtirokchilarga mazkur jarayon 2023-yil 3-bosqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni  aholining soni, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, hamda aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishi  haqida to‘xtalib o‘tdi.

 Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i.