13/08/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga 2022-yil 1-iyunga qadar aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar  bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Mazkur yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Oltiariq tumani filiali hamda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari hamkorligida tumandagi 72 ta mahalla fuqarolari yig‘inlarining xaritalari doimiy ravishda yangilanib borilmoqda.

Xaritalarni tayyorlashda mahalla fuqarolari yig‘inlarining chegaralarini aniq belgilashga, xaritada hududdagi barcha turar-joy binolari (xonadon raqamini aks ettirilgan holda), maishiy va ijtimoiy binolar, tashkilotlar va muassasalar binolari, ishlab chiqarish ob’yektlari, qoplamali va tuproq yo‘llarini to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishiga e’tibor berilmoqda.

photo2021-08-1309-37-00
photo2021-08-1309-36-57
photo2021-08-1309-36-54
photo2021-08-1309-37-00 photo2021-08-1309-36-57 photo2021-08-1309-36-54