13/08/2021

Quva tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 13-avgust kuni tumandagi аvtohavaskorlar maktabi tinglovchilari ishtirokida  aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminar davomida Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida tushuncha berib, bu tadbirni o‘tkazishdan maqsadi-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqidagi ma’lumotlarni  berdilar.

photo2021-08-1417-37-14
photo2021-08-1417-37-12
photo2021-08-1417-37-09
photo2021-08-1417-37-14 photo2021-08-1417-37-12 photo2021-08-1417-37-09

Quva tumani statistika bo‘limi