Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 13-avgust kuni tumanga qarashli Sulton mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi mutaxassislari Yu. Karimov hamda O‘.Karimovlar ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektroenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tdilar. Seminar so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchko‘prik tumani statistika boshqarmasi