16/08/2021

Joriy yilning 16-avgust kuni, Quva tumani  4-sektor binosida tuman mahalla fuqarolar yigְinining rais o‘rinbosarlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, Quva tumani statistika bo‘lim bosh mutaxassisi V.Mirzayev qatnashdi.

U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, bu tadbirni o‘tkazishdan maqsadi-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi.

photo2021-08-1619-49-44
photo2021-08-1619-49-42
photo2021-08-1619-49-44 photo2021-08-1619-49-42

Axborot xizmati.