Joriy yilning 16- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasining investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi hamda shahar va tuman statistika bo‘limi rahbarlari va xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Vebinar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Shahar va tuman statistika bo‘limlarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari statistikasi, qurilish ishlari hajmining tarkibi, hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 13-apreldagi 24-sonli, 2021-yil 9-aprel kungi 30-sonli buyruqlarining ijrosi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatining statsitik ko‘rsatkichlarini sifatli baholash yuzasidan tushunchalar berildi.
Seminar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.