Barchamizga ma’lum mamlakatimizda barcha hududlarida 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
Chunonchi, joriy yilning 26- fevral kuni Farg‘ona tumaniga qarashli “O‘rta Sho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasining «Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi Sh. Xalimova qatnashdi. U so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi haqidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash,mehnat resurslarini o‘rganish uchun katta manbaa ekanligi va ushbu ma’lumotlarni yagona axborot tizimiga kiritish to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, ushbu tadbir ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishi uchun katta manbaa ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Axborot xizmati.