17/08/2021

Kuni kecha barcha joylardagi kabi O‘zbekiston tumaniga qarashli 77-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tuman statistika bo‘limining bosh mutaxassisi J. Madrahimov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yilda va uch bosqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlarni berdi.

 

photo2021-08-1715-21-41
photo2021-08-1715-21-46
photo2021-08-1715-21-41 photo2021-08-1715-21-46

O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.