Joriy yilning 17- avgust kuni Qo‘shtepa tumani “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminrda viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi U.Mahmudov qatnashib, ishtirokchilarni qarorning mazmuni bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A. Turg‘unov aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berdi.
Axborot xizmati.