17/08/2021

Joriy yilning 17- avgust kuni Rishton tumani maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘limi hisobchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishiyuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Rishton tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Karimov qatnashib, qarorning nima uchun qabul qalinganligi, uning mazmuni  va mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi va  mazkur jarayon 2023-yil 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayonida olingan barcha ma’lumotlar umumlashtirilib, jamiyat rivojlanishining uzoq, o‘rta, va qisqa muddatli manzilli dasturlarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berdi.

 

Rishton tumani statistika bo‘limi.