17/08/2021

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 17-avgust kuni “Shikorbegi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan  seminar tashkil etildi.

photo2021-08-1716-04-01
photo2021-08-1716-04-04
photo2021-08-1716-04-01 photo2021-08-1716-04-04

Seminarda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinov ishtirokchilarga  aholini ro‘yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektroenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida juda muhim ahamiyat kasb etishi haqida axborot berib o‘tdi.

 

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi .