17/08/2021

Joriy yilning 17- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasining ichki va tashqi savdo statistikasi bo‘limi hamda shahar va tuman statistika bo‘limi rahbarlari va xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

 Vebinarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Tashbekov qatnashdi. Seminar davomida sohaga oid chakana va ulgurji savdo nima, chakana savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari shakllanishi, davlat statistika hisobotlarida chakana va ulgurji savdo aylanmasi QQS va Aktsiz solig‘i qo‘shilgan holda qanday hisoblanishi, tashqi savdo nima va saldoga ta’rif berish kabi masalalar bo‘yicha  tushunchalar berildi.

photo2021-08-1718-59-17
photo2021-08-1718-59-13
photo2021-08-1718-59-20
photo2021-08-1718-59-17 photo2021-08-1718-59-13 photo2021-08-1718-59-20

Seminar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rsatildi.

 

Axborot xizmati.