19/08/2021

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilib kelinmoqda.

2021- yilning 19- avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi tomonidan tuman va shahar statistika b‘olim xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

190820212
19082021
190820211
190820212 19082021 190820211

Videokonferensiyada Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosati E.Tashbekov, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga bo‘lim xodimlari va hududiy statistika bo‘limmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid atamalar, tadbirkorlik statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish hamda tadbirkorlik faoliyatining tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish usullari bo‘yicha boshqarma mutaxassislari hududiy statistika bo‘limlari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

Shuningdek, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Artikov Jahongir Abdunabiyevich ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari sohasi statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi va hududiy statistika bo‘limalari xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga boshqarmaning mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati