Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan, “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mavjud muammolar hamda hududlarning foydalanilmayotgan salohiyatini o‘rganish va kompleks rivojlantirish yuzasidan takliflarni tayyorlash bo‘yicha SAVOLNOMA” ga asosan, joriy yilning 20-avgust kunidan boshlab, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S.R. Shamshidinov boshchiligida boshqarmaning 3 nafar malakali xodimlari, Yozyovon tumanidagi masalaga daxldor tashkilotlar va Yozyovon tuman statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida Yozyovon tumanida 2020 va 2021 yillarning yanvar-iyul oylarida ishga tushirilgan investitsiya loyihalari samaradorligi tahlili, 2020 yil yakunlari bo‘yicha statistik hisobotlarda “nol” hajm topshirgan subyektlar holatini o‘rganish, yangi tashkil etilayotgan va faoliyatini to‘xtatgan kichik biznes subyektlarining sohalar kesimidagi tahlili va Yozyovon tuman statistika bo‘limida statistika faoliyatini tashkil etish va ijro intizomi holati yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Axborot xizmati