Toshloq tumaniga qarashli 2-umumtaʼlim maktabida tumandagi barcha umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida 1-umumtaʼlim shakli hisobotini avtomatlashtirilgan ESTAT - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ijtimoiy soha bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov va bosh mutaxassisi N.Tojiboyevlar ishtirok etdi. Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 5-yanvardagi 2-MV-son ilovasiga asosan o‘rnatilgan tartibda haqqoniyligi, xolisligi va qiyosliligini taʼminlagan holda 2021-yil uchun 1-umumtaʼlim shakli bo‘yicha davlat statistika hisobotlarini avtomatlashtirilgan ESTAT - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari hisobotni topshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida keng va atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati.