Joriy yilning 6-sentabr kuni barcha joylardagi kabi Quva tumaniga qarashli Toshhovuz mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov va bo‘lim bosh mutaxassisi A.Mirzayevlar ishtirok etib, ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlarni berdilar.
Quva tumani statistika bo‘limi.