Joriy yilning 31-avgust kuni Rishton tumani Xalq ta’limi bo‘limida tumanga qarashli umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovinlari ishtirokida 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini E-stat 4.0 elektron tizimi orqali jonatish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha” bo‘limi boshlg‘i I.Xaydarov va boshmutaxassisi N.Tojiboyevlar qatnashib, ishtirokchilarga yangilangan E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini yuborish tartiblari, hisobotni topshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularni bartaraf etish yollari to‘g‘risida tushuncha berdilar. Muzokaralar jarayonida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi.
Axborot xizmati.