06/09/2021

Joriy yilning 31-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Oltiariq tumanidagi barcha umumta’lim  maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini yuborish bo‘yicha  o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 

photo2021-09-0617-30-41
photo2021-09-0617-30-39
photo2021-09-0617-30-34
photo2021-09-0617-30-44

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha” bo‘limi boshlg‘i I.Xaydarov va bo‘lim bosh mutaxassisi N.Tojiboyevlar qatnashib, ishtirokchilarga E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini yuborish, bozor iqtisodiyot talablariga, xalqaro me’yorlar va standartlariga muvofiq, byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish, lisenziya va ruxsat berish tartib-taomillarni qisqartirish va soddalashtirish kabi masalalar haqida so‘z yuritdilar.

 

Axborot xizmati.