Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil va shaxdam qadamlar qo‘ymoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonning yangi, ochiq, demokratik va insonparvar qiyofasi yangilanmoqda. Jonajon xalqimizning ertaga emas, bugun baxtli yashashi uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning taʼsirini har birimiz o‘zimiz va oilamiz misolida ko‘rib, sezib turibmiz.
Mamalakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni va bag‘rikenglikni taʼminlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan, statistika tizimida olib borilayotgan ishlarni sifatli va tezkorligini oshirib borishda qo‘shgan hissalarini eʼtiborga olib, viloyat statistika boshqarmasida mehnat qilib kelayotgan 13 nafar xodim (S.Meliqo‘ziyev, L.Golovanova, J.Artikov, A.Akbarov, Z.Mamataliyev, R.Xasanov, Sh.Jabborov, O.Pozilov, I.Shokirov, A.Arapov, B.Siddiqov, R. Sharopov, S.Madaminov)lar Prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, 4 nafar xodim (O‘. Umarov, G.G‘ofurova, R.Jo‘rayev, A.Soliyev)lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Faxriy Yorlig‘i hamda 29 nafar xodim Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Faxriy Yorlig‘i bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, ushbu bayram arafasida boshqarma tizimida ko‘p yillar, samarali va fidokorona mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqalik gashtini surayotgam sobiq xodimlar – M.Ahmedova, N.Kim, M.Rahimova, N. Bannopovalarga boshqarma boshlig‘i S. Shamshidinov tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Usbu e’tirof va berilgan mukofotlar barcha tizim xodimlari oldiga yanada yuksak marralar sari intilish, Vatanimizni gullab-yashnashi, iqtisodiyotini rivojlantirish va jamiyat barqarorligini taʼminlash uchun bor kuchini, bilimini safarbar etib, mas’uliyatni his qilib, samarali mehnat qilishga undaydi.
Axborot xizmati.