10/09/2021

Joriy yilning 10- sentabr  kuni, Dang‘ara tumaniga qarashli  29-sonli oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B. Otajonov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berberib, aholini royxatga olish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

photo2021-09-1016-31-29
photo2021-09-1016-31-38
photo2021-09-1016-31-29 photo2021-09-1016-31-38

Dang‘ara  tumani statistika bo‘limi.