Joriy yilning 20-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Тashbekov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i X. Mo‘minov hamda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i D.Mamasadikov va yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinovlar ishtirokida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududdagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha statistika bo‘limi xodimlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.