Avval xabar berganimizdek Respublikamizning to‘rtda hududida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari o‘tkazilmoqda. Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida Farg‘ona viloyati boshqarmasining vakillari ham tajriba almashish maqsadida qatnashmoqda. Xususan, joriy yilning 11- noyabr kunidan boshlab ro‘yxatga olish jarayoniga start berildi. Bunda qog‘oz shaklida sinov tariqasida xonadonma -xonadon yurib, aholini ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi. Jarayonlar 12 kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Shu munosaba bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Shamshidinov Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida aholini ro‘yhatga olish jarayonlarida qatnashib, ro‘yxatga olish uchastkalarida va instruktorlik uchastkalarida aholini ro‘yxatga olish ishlari qay darajada tashkil etilganligi, xonadolarga kirib, ushbu tadbirning mazmun va mohiyatini tushuntirib, intruktorlik uchastkalardagi xodimlarning ishlari bilan yaqindan tanishdi va tajriba almashdi. Bundan tashqari ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari bilan fikr almashildi.
Axborot xizmati.