18/11/2021

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Ozod O‘zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat gerbi, Davlat bayrog‘i, Davlat madhiyasi azizdir. Ular ma’naviyatimizning eng muhim timsollaridir. Shu bois, joriy yilning 18-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida ”Bayrog‘im-g‘ururim” O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 30-yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

photo2021-11-1817-58-16
photo2021-11-1817-58-19
photo2021-11-1817-58-16 photo2021-11-1817-58-19

Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev ochib, U o‘z so‘zida bayrog‘imizga nazar solganimizda biz ruxan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etishimiz, o‘zida juda katta ma’no-mazmunni mujassam etishi, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlanganligi, o‘zida butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini aks etishi haqida gapirib o‘tdi. Bundan tashqari bugun milliy bayrog‘imiz davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a’zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog‘imiz Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Axborot xizmati.