Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-sentabr oylari holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 4358,8 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 88,1 %ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 109,7 %ni tashkil qildi.