06/12/2021

Joriy yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha  Farg‘ona Politexnika instituti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev kirish so‘zi bilan ochib, u ishtirokchilarga taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilmoqda. Islohotlarning qay darajada natijadorligi esa statistik raqamlar orqali baholanishi, statistika sohasining bugungi kun talablariga mos bo‘lishi, bu jarayonda yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonuni alohida o‘rin tutishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng  so‘zni “Statistik faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari” bo‘limi boshlig‘i Z.Mamataliyevga berildi. U o‘z so‘zida statistikani yuritish sohasidagi xalqaro tajribadan kelib chiqib, qonunda “Rasmiy statistika” tushunchasi kiritilligi, amaldagi “davlat statistikasi” tushunchasi o‘rniga “rasmiy statistika” tushunchasining qo‘llanilishi orqali rasmiy statistikaning qamrov doirasi, uning sifatiga talablar hamda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborotlarning huquqiy maqomi huquqiy belgilanganligi haqida gapirib o‘tdi.

photo2021-12-0709-07-31
photo2021-12-0709-07-28
photo2021-12-0709-07-25
photo2021-12-0709-07-20
photo2021-12-0709-07-22
photo2021-12-0709-07-31 photo2021-12-0709-07-28 photo2021-12-0709-07-25 photo2021-12-0709-07-20 photo2021-12-0709-07-22

Xususan, davlat statistikasi faqat statistika organlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni nazarda tutgan bo‘lsa, rasmiy statistika — mamlakatdagi barcha tayyorlovchilar tomonidan ushbu qonunga muvofiq shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ma’lumotlarni bildiradi. Ushbu qonun qoidalariga mos kelmaydigan statistika rasmiy statistika sifatida qabul qilinmasligi belgilab qo‘yildi. Shundan so‘ng boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘.Mamajonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida ta’kidlab o‘tilganidek, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi. Tadbir yakunida mavzuga bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati.