✅Joriy yilning 25-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Shamshidinov, boshqarmaning “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov va Marg'ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umurzakova ishtirokida 5-narx (bozor) xaftalik kuzatuvini Marg'ilon dehqon bozoriga chiqib, bozor narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar va narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha registratorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, kuzatuv jarayonida Marg'ilon shahridagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati.