20/09/2022

Joriy yilning 19-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022 yil 6-sentabr kunidagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 496-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022 yil 6-sentabr kunidagi “Arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 501-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022 yil 6-sentabr kunidagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 496-son qaroriga to‘xtalib, respublika bo‘yicha ichimlik va oqova suv tizimidagi iste’molchilarning suvni hisobga olish priborlarini o‘rnatish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi, iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan suv sarfi xarajatlarini nazorat qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida shakllantirish uchun suv hisoblagichlarning masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy texnologiyalarini joriy etish talab etilayotganligi hamda ichimlik va oqova suvni chiqarish xizmatlari yuzasidan debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish maqsadida yuridik shaxs bo‘lgan iste’molchining bankdagi hisobvarag‘iga to‘lov talabnomasini qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirish zaruriyati tug‘ilayotganligi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng ma’ruzachi kun tartibidagi 2-masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022 yil 6-sentabr kunidagi “Arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 501-son qarorida ko‘rsatilgan respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi, arxiv ishi sohasidagi ruxsat berish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish, mazkur jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish talab etilayotganligi, jismoniy va yuridik shaxslarga arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tizimini an’anaviy shakldan elektron shaklga o‘tkazish haqida keng tushuncha berdi.

 

photo2022-09-2010-15-53-1235
photo2022-09-2010-15-55
photo2022-09-2010-15-53-15161
photo2022-09-2010-15-53
 

Axborot xizmati.