21/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-avgust oylari holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 18 538,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,1 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Ishlab chiqaradigan sanoat - 17 256,9 mlrd.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati – 51,8 mlrd.
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashda- 1 080,8 mlrd.
Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 149,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi.