22/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-avgust oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 149,2 mlrd.so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,8 %ini) tashkil etdi.

Shundan:
Oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar – 14,2 mlrd. so‘m
Axlat o‘ralarni, tindirgichlarni va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar – 19,9 mln.so‘mga to‘g‘ri keldi.