29/09/2022

Joriy yilning 28-29-sentabr kunlari Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi tomonidan Farg‘ona viloyatida "4 mehnat" choraklik statistika hisobotini taqdim qiluvchi subyektlar vakillari bilan hisobotni tuzish va taqdim etilishi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Soliyev va bo‘lim mutaxassisilari ishtirok etdilar. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 11-oktabrdagi 10-mb-son qarori 47-ilovasiga muvofiq 4-mehnat shakli choraklik statistika hisoboti hisobot davridan keyingi oyning 6-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishlari, respondentlar tomonidan hisobot taqdim etilishida qulayliklar yaratish, hisobot ma’lumotlarini e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, shuningdek, davlat statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

photo2022-09-2915-29-15
photo2022-09-2915-29-37
photo2022-09-2915-29-32
photo2022-09-2915-29-21

                                                                                                                      Axborot xizmati.