29/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga viloyat bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalarning ovqatlanish bilan ta’minlash bo‘yicha tovar aylanmasi hajmi 248,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning mos davriga nisbatan ovqatlanish bilan ta’minlash tovar aylanmasini 61,1 mlrd. so‘mga oshganini ko‘rsatdi.

Shundan eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlar:
Farg‘ona sh. - 106,7 mlrd. so‘m
Marg‘ilon sh. – 41,1 mlrd. so‘m
Qo‘qon sh. – 38,2 mlrd. so‘m
Toshloq t. 10,8 mlrd. so‘m
Rishton t. - 5,8 mlrd. so‘m
Dang‘ara t. - 5,4 mlrd. so‘m
So‘x t. - 5,3 mlrd. so‘m
Quva t. - 5,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etdi.