13/10/2022

Joriy yilning 12-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining  “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi”  bo‘limi bosh mutaxassisi N. Mahmudova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi  yetakchi  mutaxassisi R.Sharopovlar ishtirokida  Farg‘ona shahrida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida non va non mahsulotlaridan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari  va boshqa mahsulotlarini oy davomida  o‘rtacha bir kunlik sotilgani mahsulotlar miqdori aniqlash kabi ishlar amalga oshirildi.  Aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan joyida bartaraf etilish choralari ko‘rilib, boshqarma vakili tomonidan kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari to‘g‘risida batafsil tushuntirish ishlari olish borildi.

 

photo2022-10-1212-27-57
photo2022-10-1212-28-16
photo2022-10-1212-28-12
photo2022-10-1212-28-07
photo2022-10-1212-28-03

Axborot xizmati.