13/10/2022

Joriy yilning 12-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining  “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi”  bo‘limi bosh mutaxassisi N. Mahmudova hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Nabiyevlar ishtirokida  Oltiariq tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan  mahsulotlar tushumi  o‘rganildi. Bundan tashqari  aniqlangan xato va kamchiliklar  choralarini ko‘rish  hamda  kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan  axborot berildi.

 

 

photo2022-10-1216-18-02
photo2022-10-1216-17-48
photo2022-10-1216-17-57
photo2022-10-1216-17-53

                                                                     Axborot xizmati.