17/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limiga ishga qabul qilingan 713 registrator joriy yilning avgust oyi davomida biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘ini xaritasiga yettita shartli belgilar asosida o‘zgartirish  kiritish ishlarini amalga oshirdilar. Mazkur jarayonlarda amalga oshirgan ishlarni o‘rganish va amaliy ko'mak berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari O.Siddiqov tomonidan joylarga chiqib, xaritadagi o‘zgarishlar to‘g‘riligi ko'rib chiqildi va tahlil qilindi hamda registratorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dalolatnomalarni sifatli tuzish bo‘yicha amaliy yordam ko'rsatildi.

 

photo2022-10-1717-46-03
photo2022-10-1717-46-31
photo2022-10-1717-46-13
photo2022-10-1717-46-23

Axborot xizmati.