Joriy yilning 20-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘I A.Pazilov hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.No‘monovalar ishtirokida Farg‘ona shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.
Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati.