Joriy yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi yetakci mutaxassisi Sh.Murodov tomonidan O‘zbekiston tumani chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan chorva mollari va parrandalari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari kutuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarga muvofiq ravishda saqlanishi kerakligi uqtirib o‘tildi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.