20/10/2022

Joriy yilning 20-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b. Sh.Mamadaliyev, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b. F.Yakubov, Farg‘ona  shahar statistika  bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. No‘monovalar ishtirokida oylik iste’mol narxlari indeksini hisoblash uchun tanlangan dislokatsiya nuqtalariga chiqib, nooziq-ovqat guruhi mahsulotlari o‘rganildi. Kuzatuv jarayonida nooziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi. Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

photo2022-10-2018-04-50
photo2022-10-2018-05-07
photo2022-10-2018-04-56
photo2022-10-2018-05-01

Axborot xizmati.