20/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2022-yil 19-oktabr kungi tegishli buyrug‘i bilan Yakubov Farxod Valiyevich Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2022-yil 19-oktabr kungi tegishli buyrug‘i bilan Yakubov Farxod Valiyevich Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Yakubov Farxod Valiyevich 1986-yil 18-iyulda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Farg‘ona Politexnika institutini tamomlagan. 2010-2019-yillarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida birinchi toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2021-2022 yillarda Toshloq tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi bo‘limining yetakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. F.Yakubov 2022-yildan tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi "Statistik faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborat tahliliy ishlar" bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.