21/10/2022

Joriy yilning 21-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tizimi xodimlari o‘rtasida yuksak ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan  hamda  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni shakllantirish va samaradorligini oshirish yuzasidan 2022- yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi doirasida “Til – davlat timsoli va mulki.” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Z.Qodirov  tomonidan 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, o‘tgan o‘ttiz uch yilda mamlakatimizda o‘zbek tilida so‘zlashadigan aholi soni 1989-yilgi 72 foizdan 90 foizga ortgani, mustaqillik  sharofati  bilan  o‘zbek  tiliga  e’tibor  kuchayuanligi,  ona tilimizning ijtimoiy mavqei kengayganligi, o‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik  qilinib,  bir  qancha  qarorlar  qabul  qilinganligi natijasida  1995- yilning  21-dekabrida O‘zbekiston  Respublikasining  yangi  tahrirdagi  «Davlat  tili  haqida»gi  Qonuni  e’lon qilinganligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari o‘zbek tilining shakllanish tarixiga to‘xtalib o‘tdi. Seminar qatnashchilari mazkur mavzu bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

photo2022-10-2118-17-21
photo2022-10-2118-17-16
photo2022-10-2118-17-20
photo2022-10-2118-17-18

Axborot xizmati.