Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 880,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 134,0 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 2,6 % punktga ko‘payib, 14,2 %ni tashkil etdi.
Shundan yuqori ulushga ega hududlar:
Marg‘ilon shahar – 31,5 %
Farg‘ona shahar - 27,5 %
Dang‘ara tumani – 15,3%ni tashkil etdi.