24/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida jami 10 715,8 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Jalb etilgan mablag‘lar hisobidan- 6 873,9 mlrd. so‘mi
Korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan - 3 841,9 mlrd. so‘m moliyalashtirildi.